Hafiz Abdusamatov




Hafiz Shoahmedovich Abdusamatov (1925.8.2, Jambul shahri) — adabiyotshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Filol. fanlari doktori (1968). Toshkent Davlat Universitetining filol. fakultetini tugatgan (1946). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida katta ilmiy xo-dim, sektor mudiri, direktor muovini, boʻlim mudiri (1952-60, 1966-79), 1960-66 yillarda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Toshkent davlat madani-yat instituti rektori (1979-81), Hamza nomidagi sanʼatshunoslik instituti di-rektori (1981-93), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida yetakchi ilmiy xo-dim (1994-98). A.ning ilmiy faoliyati oʻzbek adabiyotida satira, dramaturgiya va 6teatr sanʼatidagi anʼana, yangiliklar tahliliga bagʻishlangan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz