Hadis va hayot




Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf muallifligi ostida yozilgan, 39 juzdan iborat „ Hadis va hayot “ silsilasi mashhur alloma, Qohiradagi „al-Azhar“ dorilfununi mudarrislaridan biri shayx Mansura Ali Nosif hazratlarining „At-toj al-jomeʼ lil-usul fii ahadiysur Rasul“ („Rasul sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan asllarni jam qiluvchi toj“) deb nomlangan ulkan asarlariga yozilgan komil va shomil sharhlardan iborat to‘plamdir.
Bugungi kungacha toʻplamning 34 ta juzi 32 jildda chiqqan. Ilk juzi 2003-yili „ Sharq“ nashriyotida 10 ming nusxada nashr qilingan.
Bugungi kunda „Hilol-Nashr“ nashriyotida 7-marta qayta nashr qilinayapti (bunga „Sharq“ nashriyotida bosilganlari kirmaydi).
Ushbu kitob hozirda rus tiliga ham tarjima qilingan (Хадисы и Жизнь).

Kitob haqida fikrlar



"Men ulamolarning oramizdan ketishlari va ilm darslarining kamayishidan qoʻrqmoqdaman. Qarab, surishtirib, Rasululloh sollallohu alayhu vasallamning hadislarini yozib olinglar", deb buyurdi.
Shunday qilib, birinchi kitobni buyuk tobein Ibn Shihob az-Zuhriy yozdilar. Bu kitob sodda boʻlib, sahobalardan eshitib, yozib olingan hadislar toʻplamidan iborat edi. Shundan soʻng hadis kitoblari yozish rasm boʻldi va keng miqyosdagi ilmiy harakatga aylandi.

Bizning shiorimiz:
Ahl as-Sunna val-Jamoa mazhabi asosida sof aqida va haqiqiy islomga intiling. Qur’on va Sunnatni oʻrganing va unga amal qiling. Islomiy tarbiya, bag‘rikenglik va birodarlik ruhini yoying, buyuk ajdodlarga ergashing.
Diniy savodsizlikni yoʻq qiling, ixtiloflar va boʻlinishlarga chek qoʻying, fanatizm, bid’at va xurofotni yoʻq qiling.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz