Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey




Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey (turkcha: Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey) — Karamanoğulları bekligining asoschisi Kerimüddin Karaman Beyning nabirasi va Bedreddin Mahmud Beyning oʻgʻlidir. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan..

Tarix



Dadasi Bedreddin Mahmud Bey 1312-yilda vafot etganidan soʻng, beklik taxtiga chiqqan Musa Bey dadasi kabi moʻgʻullarga qarshi kurashishni toʻxtatmadi. Ukasi Yaxshi Beyni sobiq Koʻniya sultonligi poytaxti Koʻniya shahriga voliy etib tayinladi. Bu moʻgʻullarning rejasiga toʻgʻri kelmas edi. Sababi ushbu shahar Onadoʻlidagi muhim siyosiy strategik shaharlardan biri hisoblanardi va moʻgʻullar Onadoʻlida oʻz kuchlarini zaiflashishini xohlamas edilar. Shu sababli moʻgʻullar Koʻniya shahri ustiga harbiy safar boshladilar. Musa Beyning ukasi Yaxshi Bey moʻgʻullar bilan boʻlgan jangda ogʻir magʻlubiyatga uchradi. Shundan soʻng, moʻgʻullar qoʻmondoni Emir Çoban Koʻniya shahrini bosib oldi va Musa beklikning eski sarhadlariga hukmdorlik qilishiga toʻgʻri keldi. Ammo beklik poytaxti Karaman Misr mamluklari tomonidan dastaklangan oʻz ukasi Bedreddin İbrahim Bey I tomonidan egallandi. Musa Bey bu hududlardan ketishga majbur boʻldi va Ermenek atroflariga joylashdi. Ibn Battuta maʼlumotlariga tayanilsa, 1332-yilda Musa Bey Ermenek atroflarida hali ham hukmdorlik qilganligi oshkor boʻladi.

1352-yilda beklik ogʻir kunlarni boshdan kechirayotgan bir vaqtda, Musa Bey beklikning barcha qismlarini oʻz hokimiyati ostida toʻpladi va 1356-yilga qadar hukmdorlik qildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz