Habibulloh Ismoilov Imomidin o‘g‘li, 2004-yil 22-aprel kuni Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Katta oilada voyaga yetgan: oilada 9 kishidan iborat bo‘lib, 7 nafar farzand, Habibulloh ularning beshinchisi. Ushbu muhit bolalikdan mas’uliyat, mustaqil fikrlash va yetakchilik fazilatlarini shakllantirgan.
Otasi shifokor bo‘lib, bir necha yil rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan, shuningdek kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Onasi uy bekasi bo‘lib, asosiy vaqtini farzandlar tarbiyasiga bag‘ishlagan. Oilada bilim, tartib-intizom va mehnatsevarlik doimo ustuvor bo‘lgan.
7 yoshida umumta’lim maktabiga qabul qilingan. Dastlab ikki yil umumiy ta’lim maktabida tahsil olib, keyinchalik ixtisoslashtirilgan akademik litseyda o‘qishni davom ettirgan. So‘ng o‘rta maxsus ta’lim muassasasiga qaytib, uni faqat a’lo baholar bilan, birorta ham “4” bahosiz, oltin medal bilan tamomlagan.
5-sinfda respublika miqyosida o‘tkaziladigan matematika fanidan bilimlar bellashuvida ishtirok etib, respublika g‘olibi bo‘lgan. Ushbu yutuq uning analitik fikrlash va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirgan.
9–10-sinflar davomida ingliz tilini chuqur o‘rganib, uni mukammal darajada o‘zlashtirgan. Shu davrdan boshlab IT va dasturlash sohasiga qiziqishi kuchayib, Full Stack dasturchi sifatida o‘zini rivojlantira boshlagan. Sun’iy intellekt texnologiyalarini puxta o‘rganib, ularni real loyihalarda amaliy qo‘llash tajribasiga ega bo‘lgan.
Chet eldagi nufuzli universitetlar qoshida tashkil etilgan bepul onlayn kurslarda qatnashib, dasturlash, sun’iy intellekt, biznes boshqaruvi va moliya yo‘nalishlarida bilim va malakalarini oshirgan.
IT va marketing sohalarida 5 yillik amaliy tajribaga ega. Faoliyati davomida 200 dan ortiq loyihalarda ishtirok etgan, ko‘plab loyihalarda loyiha menejeri sifatida faoliyat yuritgan hamda 10 dan ortiq shaxsiy loyihalarni ishga tushirgan. Telegram marketing yo‘nalishida professional darajada ishlab, kanallar va guruhlarni yuritish, ularning xavfsizligini ta’minlash, statistik tahlil va reklama strategiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullan. Ijtimoiy tarmoqlardagi umumiy auditoriyasi 300 mingdan ortiq obunachini tashkil etadi.
Shuningdek, Pro Messenger (Telegram’ga alternativ messenjer) va TG.Member kabi yirik shaxsiy IT loyihalar asoschisi hisoblanadi. Ushbu loyihalardan birida hozirda 150 mingdan ortiq faol va sodiq foydalanuvchilar mavjud.
2023-yilda, 19 yoshida, tuman hokimining IT masalalari bo‘yicha rasmiy maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va hozirga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.
2022–2023-yillarda yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida faoliyat olib borib, 2024-yilda esa faoliyatini kengaytirib, “Coding Tech” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga asos solgan. Hozirda ushbu kompaniyaning asoschisi va direktori. Jamoada 20 nafarga yaqin dasturchi va dizaynerlar faoliyat yuritadi, turli IT mahsulotlar va pullik dasturiy yechimlar ishlab chiqiladi.
Hozirda Nordik xalqaro universitetining Moliya va moliyaviy texnologiyalar fakultetida tahsil olyapdi.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish