Habibullo Tursunmatov




Habibullo Tursunmatov  — 1943-yil 1-iyulda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. 1973-yili Andijon davlat pedagogika institutining Iqtisod yoʻnalishini tamomlagan.Uning nasriy, publitsistik va tarjima asarlari mahalliy, respublika va xorijiy matbuotda hamda bir qator toʻplamlarda eʼlon qilingan.

Asarlari



Habibullo Tursunmatovning ilk ijod namunalari 1969-yili „Sharq yulduzi“ jurnalida „Xayolimda Diloromim“ sarlavhasi bilan bosilgan. 1975-yili „Dilroz“, 1977-yili „Dars“, 1980-yili „Kelinchak“, 1985-yili „Visol umidi“ nomli kitoblari chop etilgan.
Adib mustaqillik yillarida ham faol ijod qildi. 1998-yili „Qon sachragan oy“ qissasi, 2000-yili „Yolqin“ va 2016-yili „Tikansiz gul zahri“ romanlari oʻz muxlislarini topgan.
„Yolqin“ tarixiy romani 2013-yili qirgʻiz tiliga tarjima etilib, Bishkek shahrida nashr qilingan.

Manbalar




³

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz