Habibullo Joʻrayev




Habibullo Joʻrayev  — (1961, Fargʻona viloyati) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1993), doktori (2008). Habibullo Jo’rayev 1961-yil 13-martda Fargʻona viloyatidagi Beshariq tumanida tug’ilgan.

Faoliyati



Fargʻona davlat pedagogika instituti (hozirda Fargʻona davlat universiteti)ning oʻzbek filologiyasi tamomlagan (1984). „Pedagog“ (hozirgi „Fargʻona taʼlim xabarlari“)gazetasining mas’ul kotibi va muxarriri (1986-1989). Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasida oʻqituvchi (1989). Fargʻona davlat universiteti Tahririyat va nashriyot markazi boshligʻi (2002-yildan). Bir qator ilmiy monografiya va ilmiy-ommabop risolalar muallifi.

Mukofotlari



„Eng yaxshi voiz“ Respublika koʻrik-tanlovi gʻolibi (2001). Oʻrta asrlar Sharq adabiyoti namoyondalari ilmiy-adabiy merosini oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha amalga oshirgan ishlari uchun Xalqaro „Antik dunyo“ akademiyasining professori unvoniga sazovor boʻlgan (2008).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz