Habibulla Nizomov
Habibulla Nizomov (1978-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbek professional bodibilderi, mas-restling sportchisi va aktyori. Nizomov Toshkent bodibilding va fitnes federatsiyasi prezidenti, OʻzFBFda xizmat koʻrsatgan xodim, bodibilding boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarning koʻp karra gʻolibi hisoblanadi.
Sportdagi faoliyati
1978-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan Habibulla Nizomov sport faoliyatini karate bilan boshlagan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Uning bodibilding faoliyati 2006-yilda boshlangan. Uning birinchi xalqaro turniri Qatarning Doha shahrida boʻlib oʻtgan havaskorlar oʻrtasidagi jahon chempionati edi. Bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib chiqqan. Shu bilan birga, kinematografiya sohasida ham ishlaydi. Uylangan, 5 nafar farzandi bor. Bugungi kunda u AQShda yashaydi va ishlaydi.
Antropometrik maʼlumotlari
Sportdagi yutuqlari
2009-yilda — Havaskorlar oʻrtasidagi jahon chempionati — IFBB, yarim ogʻir vazn toifasi, Doha, Qatar.
2010-yilda — Arnold havaskor — IFBB, yarim ogʻir vazn toifasi, Ogayo, AQSh
2012-yilda — Havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati — IFBB, super ogʻir vazn toifasi, 6-oʻrin
2012-yilda — Bodibilding boʻyicha Oʻzbekiston kubogi — Toshkent, Oʻzbekiston, 1-oʻrin
2013-yilda — „Proform Classic“ festivali — Chempionlar kechasi, Toshkent, Oʻzbekiston
2013-yilda — Bodibilding boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati, Olma-ota, Qozogʻiston, 2-oʻrin
2019-yilda — 11-WBPF chempionati, Janubiy Koreya, Jeju
2020-yilda — Arnold Classic Championship International MAS Wrestling, Kaliforniya, AQSh
Filmografiya
2010-yilda u murabbiy, hakam va sport ustasi sifatida filmlarda rol oʻynay boshladi. Uning birinchi roli „Dada“ filmida boks boʻyicha murabbiy sifatida boʻlgan. Shundan soʻng „Qasos“, „Dil va or“ filmlarida rollar ijro etgan va bu aktyorga shuhrat keltirgan.
2016-yilda mashhur „Baron“ filmida mahbus Hotam rolini ijro etgan. Shundan soʻng Habibulla Nizomov rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olingan „Virus“ filmida ham rol oʻynagan.
Filmlarda aktyorlik rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org