Habduntog`
Gʻubdintogʻ , Habduntogʻ - janubiy Nurota togʻlaridagi (Samarqand viloyati) tizma. Shimolida Qoʻytosh botigʻi orqali Nurota tizmasidan ajralib turadi, janubida Zarafshon vodiysi bilan chegaralangan. Gʻarbdan sharqqa 30 km ga choʻzilgan. Oʻrtacha balandligi 700–1000 m. Eng baland joyi 1672 m. Yon bagʻirlari soy, quruq oʻzan va jarliklar bilan kesilgan. Gʻubdintogʻ paleo-zoy davri slanets, qumtosh, ohaktoshlaridan tashkil topgan antiklinal strukturadir. Iqlimi kontinental, quruq, qishi nisbatan sovuq, yozi issiq. Yillik yogʻin 500 mm gacha. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2°, iyulniki 20—25°. Gʻubdintogʻning yon bagʻirlarida tipik va toʻq boʻz, suvayirgʻich qismida chymli, jigarrang tuproqlar tarqalgan. Dashtga xos turli oʻt oʻsimliklari va soylar boʻyida butalar oʻsadi. Togʻ etaklari va yon bagʻirlarining quyi qismlari bahorikor dehqonchilikda va yaylov sifatida foydalaniladi. Gʻubdintogʻning sharqiy qismida Marjonbuloq oltin koni bor.
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Habduntog‘ so‘zi o‘zbek tilida keng tarqalgan yoki aniq bir ma’noga ega bo‘lgan so‘z emas. Ehtimol, bu so‘z yoki shahar, qishloq, yoki maxsus atama nomi bo‘lishi mumkin. Iltimos, so‘z haqida ko‘proq ma’lumot bera olasizmi? Masalan, u qayerga tegishli yoki qanday kontekstda ishlatiladi?
Agar sizda qo‘shimcha ma’lumot bo‘lsa, men unga asoslanib yanada batafsilroq ma’lumot bera olaman.