Habbob ibn Munzir




Habbob ibn Munzir ibn Zayd (arab. الحباب بن المنذر بن زيد) ansorlarning Xazraj qabilasidan bo‘lgan mashhur sahobalardan biri edi.

Badr jangida Muhammad alayhissalomga bir quduqdan tashqari hamma quduqlarni yopib qo‘yishni maslahat bergan kishi u edi. Habbob Uhud jangida qatnashgan va o‘sha kuni Muhammad alayhissalomning yonlarida sobit turgan. Banu Qurayza g‘azotida yahudiylarning qal’alari orasiga qarorgoh qurishni va shu tariqa o‘sha qal’alardagi yahudiylar o‘rtasidagi aloqani uzib qo‘yishni maslahat bergan ham Habbob edi.

U Muhammad sallollohu alayhi vasallamdan keyin kim xalifa bo‘lishi masalasidagi Saqifa majlisida qatnashgan.

Habbob ibn Munzir Umar ibn Xattobdan keyin vafot etgan va bu vaqtda yoshi ellikdan oshgan edi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz