Habash al-Hasib al-Marvaziy




Ahmad ibn Abdulloh Habash Hasib Marvaziy (766-869) shimoli-sharqiy Eronlik astronom, geograf va matematik bo'lgan. U Xurosonning Merv shahridan trigonometrik kattaliklar: sinus, kosinus, tangens va kotangentsni tushuntirgan birinchi olim hisoblanadi.

U Bagʻdodda yashaydi va yuz yoshdan oshib 869-yilda vafot etadi. U Abbosiy xaliflardan boʻlgan al-Maʼmun va al-Mu'tasimlarning boshchiligida ish olib borgan.

Ishlari



U 825-yildan 835-yilgacha kuzatuvlar olib boradi va uchta astronomik jadvalni tuzadi. Birinchisi hamon Hind uslubida, ikkinchisi, "tekshirilgan" deb atalgan jadval, eng muhim hisoblanib, ular "Maʼmuniy" yoki "Arab" jadvallariga oʻxshab ketadi va al-Maʼmun astronomlarining umumiy asari boʻlishi ham mumkin. Uchinchisi esa kichikroq boʻlib Shoh jadvallari deb ataladi.

829-yildagi quyosh tutilishi holida Habash birinchi bor balandlik orqali(bu holda quyoshning balandligi) vaqtni aniqlash usulini koʻrsatib beradi. Bu usul keyinchalik Musulmonlar astronomlar tomonidan keng qabul qilinadi.

830-yilda u "soya" tushunchasini, zamonaviy koʻrinishida hozirgi trigonometriyadagi tangensga mos keluvchi tushunchani kiritadi. Bundan tashqari u shunday "soyalar"ning ilk jadvalini tuzib chiqadi. Bundan tashqari u kotangens tushunchasini ham kiritadi va uning jadvalini tuzadi.

Jismlar va masoflar kitobi



Al-Hasib Bagʻdoddagi Al-Shammisiyya rasadxonasida koʻplab izlanishlar olib boradi va bir nechta geografik raqamlar va astronomik qiymatlarni hisoblashga erishadi. U natijalarni oʻzining Jismlar va masofalar kitobida yigʻadi. Ulardan baʼzilari quyida keltirilgan.

Yer

Oy

Quyosh

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz