Ha Dae-sung
Ha Dae-Sung (talaffuzi: Xa De Son) (koreyscha: 하대성 1985-yil 2-martda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi.
Dastlabki yillari
Ha Dae-Sung yoshligidanoq ajoyib futbol qobiliyatini namoyon etgan. 1997-yilda oʻsha paytda Incheon Mansubuk boshlangʻich maktabida oʻqiyotgan Ha Janubiy Koreya afsonasi Cha Bum Kun tomonidan yosh isteʼdodlarni kashf etish uchun taʼsis etilgan Cha Bum-kun futbol mukofotini qoʻlga kiritgan. Uning obroʻsi Janubiy Koreyadagi eng mashhur futbol maktablaridan biri boʻlgan Bupyeong oʻrta maktabida oʻqish imkonini berdi. Biroq, tez orada u oʻng tizzasidan jiddiy jarohat olgan va ikki yil davomida futbol oʻynashni toʻxtatishga majbur boʻlgan. Oʻrta maktabda oʻqigan yili u doimiy maydonga tusha boshlagan. Tez orada jamoadoshlari Li Keun Xo va Kim Seung Yong bilan birga Ha mashhur Bupyon triosini tuzib, maktabiga uchta milliy musobaqada gʻolib chiqishga yordam bergan.
Klubdagi faoliyati
Ha Dae-Sung Ulsan Hyundai jamoasiga 2004-yilda qoʻshilgan. Biroq, u oʻz vaqtida Li Xo, Li Chun Su va Kim Jung Vu kabi futbolchilar bilan tarkibi kuchaygan klubda oʻz oʻrnini topa olmagan.
Ulsanda oʻz oʻrnini topa olmagan Ha 2006-yilda Daegu FCga koʻchib oʻtgan va K ligasida debyut qilgan.
2009-yilda Dae jamoadoshi Jin Kyung Sun bilan „Jeonbuk Hyundai“ga koʻchib oʻtgan. Garchi o‘sha mavsumda Cheonbuk ligada g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, Ha Dae-Sung asosiy tarkibda doimiy joyni qo‘lga kirita olmagan.
U 2010-yilda „Seoul“ klubiga koʻchib oʻtgan va oʻsha mavsumda oʻz klubiga ligada gʻolib chiqishga yordam bergan. 2012-yil 3-yanvarda Ha „Seoul“ klubi sardori etib tayinlangan. „Seuol“ klubini yuqori liga chempionatiga olib chiqqanidan soʻng, Ha Dae-Sungga turli klublardan qiziqish bildira boshlanadi. Xabarlarga koʻra, Zagrebning Dinamo klubi Hani sotib olish uchun taklif qilgan koʻplab klublardan biri boʻlgan. Qatar Yulduzlar ligasi klubi Hani oʻziga qoʻshib olish uchun transfer narxi sifatida 2,5 million dollar taklif qilgan. Biroq, Ha FC Seoulda qolishni tanlagan.
2014-yilning 3-yanvarida „Seoul“ klubi Hani Xitoy Superligasining „Beijing Guoan“ klubiga o‘tishini rasman eʼlon qilgan.
2017-yilning 19-yanvarida „Seoul“ klubi Haning jamoaga qaytishini rasman eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati
2008-yil 15-noyabrda Ha Janubiy Koreya terma jamoasiga Qatarga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi
Xitoy Superligasidagi faoliyati
Xalqaro
Yutuqlar
Klub
Jeonbuk Hyundai Motors
Seoul FC
Shahsiy yutuqlar
Seoul FC
Manbalar
uz.wikipedia.org