Gyustav Gaspar Koriolis
Gyustav Gaspar Koriolis (Coriolis) (1792—1842) — fransuz matematigi va mexanigi. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1836). Parij politexnika maktabini boshqargan (1838-yildan). "Qattiq jismlar mexanikasi va mashinalarni hisoblashga doir traktat" (1829) va "Jismlar tizimining nisbiy harakati tenglamalari haqida" (1835) nomli asarlarida K. nisbiy harakat nazariyasini asoslab berdi (qarang Koriolis kuchi, Koriolis tezlanishi).
Manbalar
uz.wikipedia.org