Gyumridagi qotillik (2015)
Gyumridagi qotillik — Armanistonning Gyumri shahrida joylashgan Rossiya 102-harbiy bazasi harbiy xizmatchisi 2015-yilning 12-yanvar kuni mahalliy armanlar — Avetisyan oilasidan olti kishini oʻldirdi. Oʻsha kuni ushbu jinoyatni sodir etgan 102-harbiy baza harbiy xizmatchisi — Valeriy Permyakov arman-turk chegarasini noqonuniy kesib oʻtayotganida qoʻlga olindi.
Qotillik
2015-yilning 12-yanvar kuni Armanistonning Gyumri shahrida oilaning olti nafari oʻldirilgan edi, shu jumladan ikki yoshli bola. Yana bir olti oylik chaqaloq juda ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.
Jinoyat koʻrib chiqilishi
Qotillik yuzasidan Armaniston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishi ochildi. Oʻldirilgan oila uyidan tergovchilar ichki tarafida ism va familiya yozilgan harbiy botinkalar topishdi. Shuningdek qotillik «AK-74» avtomati orqali sodir etilgani aniqlandi.
Reaksiya
13-yanvar kuni bir guruh Armaniston fuqarolari Rossiya Federatsiyasining Yerevandagi elchixonasi oldida miting oʻtkazishdi. Ular Armaniston hududidan Rossiya harbiy bazasini chiqarishni talab qilishdi. Norozilik namoyishlari shuningdek Gyumrida ham oʻtkazildi. Norozilik namoyishi, shuningdek Gyumrida ham boʻlib oʻtdi.
14-yanvar kuni minglab odamlar Gyumridagi Rossiya harbiy bazasiga bostirib kirishdi va rossiyalik askarni Armaniston huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishni talab qilishdi. Miting shuningdek Armaniston Prezidenti Serj Sargsyan rezidensiyasi oldida ham boʻlib oʻtdi.
Rossiya elchixonasi ushbu noxush vaziyat yuzasidan Armaniston xalqiga taʼziya bildirdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org