Gvozdikov Aleksandr Vasilyevich




Aleksandr Vasilyevich Gvozdikov (1903, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Volgograd viloyati — 1973, Toshkent) — oʻrmonshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), professor (1969). Saratov qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1929). Surxondaryo okrugida oʻrmon melioratsiya partiyasi boshligʻi va okrug oʻrmon melioratori (1929—36), Oʻzbekistan oʻrmon xoʻjaligi va agrooʻrmon melioratsiyasi ilmiy tadqiqot institutida sektor mudiri (1936—41). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—46). 1946-yildan Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti oʻrmonchilik va oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo sharoitlarida oʻrmonchilik, agrooʻrmon melioratsiyasi, qumlarni mustahkamlash va b. masalalarga bagʻishlangan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz