Gvadalkvivir




Gvadalkvivir (arab. Vodiy alKabir — Azim daryo) — Ispaniyaning jan.dagi dare. Uz. 560 km, havzasining mayd. 57 ming km. Andalusiya togʻlarining shim. etagidan boshlanib, Atlantika okeanining Kadis qoʻltigʻiga 8 km kenglikdagi estuariy hosil qilib quyiladi. Fev.—mart oylarida toʻlib oqadi. Jala yoqqanda suv sathi 7–9 m gacha koʻtariladi. Yezda suv kam boʻladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 164 m3/sek. Asosiy irmoqlari: Kichik Gvadiana, Xenil, Guadalimar, Uelva. Sevilya sh.gacha dengiz kemalari qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi. GESlar qurilgan. Daryo boʻyida Kordova va Sevilya sh.lari bor.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz