Guyyan




Guyyan — Xitoyning jan.gʻarbidagi shahar, Guychjou togʻligida. Guychjou provinsiyasining maʼmuriy markazi. Muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 3,1 mln.dan ziyod kishi (1998). Metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, sement, oyna, ipakchilik, yogʻochsozlik, qogʻoz, konchilik sanoatlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar va b. sanoat korxonalari bor. G. yaqinidan temir rudasi, koʻmir va appatit qazib chiqariladi. G.da Xitoy FAning filiali, universitet, qishloq xoʻjaligi va b. institutlar bor.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz