Guy Stéphane Essame
Guy Stéphane Essame (talaffuzi: Gi Stefan Essame) (1984-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — kamerunlik sobiq futbolchi. Yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Faoliyati
Klub
2008-yilda Guy Chechenistonning „Terek Grozniy“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U 2005-yildan bto Chechenistonliklar safiga qoʻshilgunga qadar "Boavista " jamosida oʻynagan. Guy sobiq jamosi safida 22 oʻyin oʻtkazgan, ammo birorta ham gol ura olmagan. 2009-yilning 27-iyulida Nijniy Novgorod FK kamerunlik yarim himoyachini Grozniyning „Terek“ klubidan ijara asosida oʻz tarkibiga qoʻshib olgan.
Atirau 2013-yil dekabr oyida Essame Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili „Atirau“ bilan shartnoma imzolagan. 2014-yil 9-iyulda Qozogʻiston Premyer-ligasi transfer oynasining soʻnggi kunida Essame „Astana“ klubiga ijara asosida qoʻshilgan, Marat Shaxmetov esa mavsum oxirigacha Atirauliklar safiga qoʻshilgan.
2016-yilgi mavsum oxirida Essame „Atirau“ bilan yangi bir yillik shartnoma imzolagan. Biroq shartnoma Qozogʻiston Premyer-ligasi bahsigacha yetib bormagan, Essame klubning mavsumoldi birinchi yigʻinida ishtirok etganidan soʻng, 2017-yil yanvarida „Atirau“ direktori shartnomani bekor qilgan.
Xalqaro
Brasseries futbol akademiyasida uzoq vaqt davomida Rigobert Song va Geremi Njitap qoʻl ostida futbol bilimlarini olganidan soʻng, u Kamerun U17 terma jamoasiga ikkita qitʼa musobaqalarida sardorlik qildi. Paragvaybilan bahsdan soʻng soʻng, Portugaliyaga, Boavista jamosi tarkibiga qoʻshilish uchun joʻnab ketgan. U Kamerun milliy futbol jamoasi uchun ilk bor 2008-yilning 11-oktyabrida Mavrikiyga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Astana
Boshqa tadbirlar
2009-yilda Gay Stefan Essame Kamerunda Tomas Libix boshchiligidagi Lotus-Terek Yaunde klubiga asos solgan. 2010-yil sentyabr oyida u FK Terek Grozniyning farm klubiga aylangan
Manbalar
uz.wikipedia.org