Guvohning advokati




Guvohning advokati  — belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxs. Jinoyat ishida taraflar manfaatlarini himoya qilayotgan shaxs mazkur ish boʻyicha Guvohning advokati boʻlishi mumkin emas.
Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvoxnomasini koʻrsatganidan va orderni taqdim etganidan soʻng, guvoh chaqirilgan paytdan eʼtiboran quyiladi. Guvohning advokati:

soʻroq tugaganidan soʻng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etish huquqiga ega.
Guvohning advokati guvohga zarur yuridik yordam koʻrsatishi, dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va b. qonunga xilof harakatlar orqali xaqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart (OʻzR JPKning 66¹ — m.si).
Yana qarang: Advokat.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz