Guvalak (shaharcha)
Guvalak (ruscha: Гувалак, ayrim manbalarda Gubalak shaklida ham uchraydi) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2009-yil 13-martdagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan.
Etimologiyasi
Shaharcha nomi boʻlmish guvalak soʻzi umumturkiy etnonimlar sirasiga kiradi. Tatariston respublikasida gubalak nomli urugʻ bor. Boshqird xalqining ham ayni shu nomdagi urugʻi mavjud. Qashqadaryo hududida yashagan mangʻitlarning ayni oqmangʻit urugʻi orasida guvalak yoki gubalak nomli urugʻi boʻlganligi aniqlangan. Shuningdek mazkur urugʻ nomi gualak shaklida ham talaffuz qilinadi. Goʻbalak tuja urugʻi asli qoʻngʻirotlar vaxtamgʻali boʻlimi tarkibiga kiruvchi tujalarga tegishli. XIII-XIV asrlarda qipchoq turkiy tillari orasida koʻbalak nomli itning zoti mavjud boʻlgan. Guvalak, gubalak, goʻbalak bu asli totem, xalq orasida muqaddas hisoblangan jonivor hisoblangan. Keyinchalik bu totem nomi shaharcha nomiga berilgan. Aholining etnik tarkibiga asoslangan holda shaharcha hozirgi nomini olgan.
Oʻshash nomlar
Tatariston respublikasida Gubalak nomli tuman mavjud.
Joylashuvi
Guvalak shaharchasi Qashqadaryo viloyati Koson tumanining shimoliy qismida joylashgan. Shaharcha hududidan Qashqadaryo magistral kanali oqib oʻtadi. Mazkur hududda 96-sonli va 50-sonli maktablar faoliyat yuritadi.
Aholisi
1-yanvar 2013-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Boygʻundi shaharchasida 6198 nafardan ortiq inson istiqomat qilgan. 2016-yildagi hisob-kitob natijasiga koʻra bu koʻrsatkich 6900 tani tashkil etgan. Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi.
Iqlimi
Guvalak shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, bu shaharning ayni choʻl zonasida joylashganligi bilan bogʻliq. Iyul oyining oʻrtacha harorati 35-40° C, yanvar oyiniki 0 dan 1° C gacha yetadi. Vegetatsiya davri oʻrtacha 210—240 kunni tashkil etadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org