Guttuzo Renato




Renato Guttuso (1912.2.1, Sitsiliya — 1987) — italyan rassomi va grafigi, jamoat arbobi. Rimdagi BA akad. (1960). Antifashistlar harakati ishtirokchisi, Ikkinchi jahon urushi davrida Qarshilik koʻrsatish harakatida qatnashgan. Italiya sanʼatida ijtimoiy realistik yoʻnalishni boshlab bergan; xalq hayoti va inqilobiy kurash mavzuidagi qahramonona lavhalar, zamonaviy dunyo qarama-qarshiliklari aks etgan dramatik taʼsirchan, umumlashma shakllari bilan ajralib turuvchi asarlar muallifi. Ijodida manzara va natyurmort alohida oʻrin tutadi: "Otish" (1938), "Bizga xudo yor" rasmlar turkumi (1944—45; Tinchlik Oltin medali, 1950), "Sitsiliyadagi boʻsh yerlarni egallash" (1948—50), "Garribaldining Ammiralo koʻprigidagi jangi" (1951 — 52), "Olomon" (1960), "Savat, ombur va bolgʻa" (1961), "P. Tolyatti oʻlimi" (1965), "Yangiliklar" kompozitsiyasi (1971) va b. G. ijodi italyan rassomlari, shuningdek, Yevropa mamlakatlarining bir qator rassomlari ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz