Guttiner




Guttiner Xayder Fernando Kosta Tenorio (1994-yil 6-oktyabrda tugʻilgan), odatda Gutti nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, yaqinda Stomil Olsztyn jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati



Guttiner faoliyatini Brazilyaning América Futebol Clube (Belo Horizonte) (MG) asosiy yoshlar jamoalari safida boshlangan va oʻzining professional ilk klubdagi faoliyatini 2015-yilda Bonsucesso Futebol Clube- jamoasida boshlagan. 2016—2017-yilgi mavsumni Associação Acadêmica e Desportiva Vitória das Tabocas (Recife) jamoasida oʻtkazib, jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Buning natijasida 2017-yil oxirida xorij jamoalaridan takliflar tusha boshladi.

2017-yil iyul oyida u Ukraina Premyer-ligasining „Olimpik Donetsk“ klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. 2017-yil dekabr oyida shartnoma bekor qilindi va u Ukraina klubini tark etdi. 2018-yil fevral oyida Guttiner Ukraina Premyer-ligasi jamoasi „Chornomorets Odessa“ bilan shartnoma imzoladi. Guttiner Ukraina ligasi jamoalarida 4 yildan oshiq vaqt davomida faoliyat olib bordi. 2021-yil Koronavirus pandemiyasi endi tarqala boshlagan vaqtida, Oʻzbekiston Superligasi jamoasi Namanganning „Navbahor“ jamoasidan taklif tushdii va namanganliklar bilan shartnoma imzolaydi. Navbahor jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surgan Gutti 2021-yil soʻngida jamoani tark etdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz