Guttapercha




Guttapercha (ing . guttapercha, malayya tilida getah — smola va pertja — shu smolani ajratib chikaradigan daraxtning , shuningdek, Sumatra o.ning bir nomi) — asosan tropik oʻsimliklar shirasidan olinadigan kauchuksimon modda. Mol. m. 2000—2500. Zichligi 940–960 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 64—74°. G. oqishkulrang yoki sargʻish-jigarrang charmsimon modda. Toza G. — gutta (S5N8)p transpoliizopren (90% gacha) smola, oqsillar, tuzlar va suvdan iborat yuqori molekulali birikma. Beresklet va evkommiya oʻsimliklaridan olinadi. G. spirt va atsetonda erimaydi, benzol, benzin, uglerod sulfidda, xloroformda eriydi. 50—70° da yumshab plastik va yopishqoq yelimsimon holatga keladi. Oltingugurt taʼsirida kauchuk singari vulkanlanadi, suv oʻtkazmaydi, elektroizolyatsion xossasi yuqori. Suv osti kabellari uchun himoya materiali sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz