Gustav Engvall




Gustav Per Fredrik Engvall (talaffuzi: Gustav Fredrik Per Engval; 1996-yil 29-aprelda Shvetsiyada tugʻilgan) — shved futbolchisi, „Mechelen“ futbol klubi hujumchisi. Shvetsiya terma jamoasida ham oʻynagan.

Klublardagi faoliyati



Gustav Engvall „Göteborg“ futbol klubi akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. 2013-yil 13-iyulda u „Brommapojkarna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2014-yilning 10-avgustida „Malmö“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Gustav Engvall „Göteborg“ safida ilk golini urgan. 2015-yilda u klubga Shvetsiya kubogini yutishda yordam bergan.

2016-yilning yozida Gustav Engvall Angliyaning „Bristol City“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 26-noyabr kuni u Chempionatdagi debyutini „Reading“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan.

2017-yil boshida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Gustav Engvall oʻz vataniga ijara asosida qaytgan va „Djurgården“ futbol klubi oʻyinchisiga aylangan. 3-aprel kuni „Sirius“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Gustav Engvall yangi jamoada debyut qilgan. 16-aprel kuni „Elfsborg“ futbol klubiga qarshi bahsda Gustav Engvall „Djurgården“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. 7-may kuni „Örebro“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etgan. Yozda „Djurgården“ futbol klubi Gustav Engvallning ijara muddatini yana olti oyga uzaytirgan. 2018-yil boshida u ijara asosida „Göteborg“ futbol klubiga qaytgan.

2018-yilning yozida Engvall Belgiyaning „Mechelen“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati



2013-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi bilan Gustav Engvall Slovakiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Turnirda u Shveysariya, Avstriya va Rossiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Shveysariyaliklarga qarshi kechgan bahsda Gustav Engvall gol urgan. Oʻsha yili Gustav Engvall BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Turnirda u Yaponiya, Gonduras, Iroq, Meksika, Argentina va ikki marta Nigeriya bilan oʻyinlarda maydonga tushgan. Iroqliklar va yaponlarga qarshi bahslarda Gustav Engvall uchta gol urgan.

2016-yilning 6-yanvarida Gustav Engvall Shvetsiya terma jamoasi safida Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.

2017-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Une Larsson Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Gustav Engvall Angliya va Polsha bilan oʻyinda maydonga tushgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz