Gusarlar




Gusarlar (vengercha birlikda — huszar) — yengil qurollangan otliq askarlar. Dastlab 1458-yil Vengriyada dvoryan otliq lashkarlardan tuzilgan. Keyinchalik G. eskadron va polklari koʻpgina Yevropa davlatlarining armiyalarida paydo boʻlgan. Polshada 16—17-asrlarda G. — ogʻir kavaleriya. Rus armiyasida 1650-yildan 1917-yilgacha saqlangan. 20-asr boshlarida Rossiyada 20 ta (shundan 2 tasi gvardiyachi) G. polki boʻlgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz