Guruch




Guruch — sholini oqlab olinadigan asosiy don; oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. Sholi oqlanganda silliq, yirik G. bilan birga oqshoq ham tushadi. G. ning qaysi navli sholidan olinishiga qarab turlari koʻp. Mas, devzira, jaydari, avangard, alanga, gulzor, kizil G. va b. Tarkibida oʻrtacha 14% suv, 75,2% uglevod (asosan kraxmal), 7,7% oqsil, 0,4% yogʻ, 2,2% kletchatka va 0,5% kul boʻladi. Vatani Osiyo boʻlib, shu qitʼada yashovchi xalqlarning pazandachiligida asosiy masallik, hisoblanadi. G.dan toʻyimli, tez hazm boʻladigan taomlar tayyorlanadi (qarang Sholi).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz