Gurjinder Kumar
Gurjinder Kumar (talaffuzi: Gurjinder Kumar) (panjobcha: ਗੁਰਜਿੰਦਰ ਕੁਮਾਰ: ਗੁਰਜਿੰਦਰ ਕੁਮਾਰ, 1990-yil 10-oktyabrda tugʻilgan), hind professional futbolchisi. Kumar Hindiston Superligasida NorthEast United jamoasida himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klub faoliyati
Panjobning Navanshahr shahridan boʻlgan Gurjinder futbolchi oilasida tugʻilgan. 10 yoshida katta akasi vafot etgach, Gurjinder Kumar futbolga jiddiy qaray boshladi va Chandigarh futbol akademiyasiga qoʻshildi. U yerda yetti yil oʻtkazgandan soʻng, Kumar mashhur Tata Futbol Akademiyasiga koʻchib oʻtdi va u yerda akademiyaning katta jamoasiga qoʻshildi.
Pune
2010-yilda Gurjinder oʻzining birinchi professional shartnomasini I-ligasining Pune jamoasi bilan imzoladi. Gurjinder Kumar oʻzining birinchi professional golini klubdagi birinchi mavsumida 2011-yil 26-fevralda Viva Kerala jamoasi darvozasiga kiritdi: oʻzining 11-daqiqada kiritgan goli bilan Gurjinder Kumar Pune jamoasini 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Pune jamoasi 4:0 hisobida oldinga chiqib olishga muvaffaq boʻldi, ammo raqiblar keyin toʻrtta gol urib, oʻyinda 4:4 hisobida durang oʻynadi. 2010—2011-yilgi mavsumdan soʻng Gurjinder Kumar klubning yillik taqdirlash marosimida Punening 23 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Gurjinder 2011-yil 7-oktyabrda oʻsha paytdagi Premer-liga vakili „ Blackburn Rovers“ jamoasiga qarshi oʻynagan, boshqacha aytganda, „Blackburn“ 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ishtirok etgan. Gurjinder Kumar keyingi mavsumda yana Viva Kerala jamoasiga qarshi oʻyinda oʻzining ikkinchi golini urdi. Pune jamoasi oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Keyin Kumar faoliyatidagi uchinchi golini va oʻsha mavsumdagi ikkinchi golini atigi bir oydan soʻng 2011-yil 21-dekabr kuni Churchill Brother jamoasiga qarshi oʻyinda urdi, bu golda uning 84-daqiqadagi zarbasi Punega oʻyinni 2:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Uning faoliyatidagi toʻrtinchi va mavsumdagi soʻnggi goli 2012-yilning 18-yanvarida Mumbay jamoasiga qarshi oʻyinda urgan va oʻyinning 90-daqiqasida „Puna“ning 3:0 hisobidagi gʻalabasini taminlovchi gol bilan oʻyinni yakunladi. Keyin 2011—2012-yilgi mavsumdan soʻng, "Chirag Yunayted Kerala "jamoasiga qarshi oʻyinda urgan gol uchun „Yilning eng yaxshi goli“ mukofotiga sazovor boʻldi. Gurjinder Kumar 2012—2013-yilgi mavsumda Ashok Piramal guruhining „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ mukofotini ham qoʻlga kiritdi.
Gurjinder 2013—2014-yilgi mavsumgacha 2013-yilning 11-dekabrida Rangdajied Yunayted jamoasi darvozasiga gol urganidan keyin boshqa gol ura olmadi. Bu goli bilan Gurjinder Kumar Pune jamoasini oʻyinda 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi, lekin yakuniy natijada Pune jamoasi 3:2 hisobida magʻlub boʻldi.
Salgaocar
Gurjinder Kumar 2014—2015-yilgi I-ligasi uchun Salgaocar jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2014—2015-yilgi mavsum Hindiston Federatsiya kubogida debyut qildi va guruh bosqichida 3 ta gol urdi.
FC Pune City
2015-yil iyul oyida Kumar 2015-yilgi Hindiston Superligasiga „FC Pune City“ jamoasida oʻynash uchun chaqirildi.
NorthEast United
2020-yilda Kumar NorthEast United jamoasi bilan oʻzaro 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Xalqaro maydonda
2011-yil iyun oyida Kumar 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichida Qatar U23 terma jamoasiga qarshi 23 yoshgacha boʻlganlar darajasida Hindiston terma jamoasida oʻzining ilk debyutini oʻtkazdi. 2012-yilning 1-fevralida Kumar 2012-yilgi OFK chaqiruv kubogiga tayyorgarlik koʻrish uchun Hindiston terma jamoasiga chaqirildi. 2012-yil 27-fevral kuni Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Hindiston milliy terma jamoasi safida debyut qildi va Hindiston 0:3 hisobida magʻlub boʻlganida toʻliq 90 daqiqa oʻynadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2022-yil 28-fevral holatiga ko`ra[16]
Xalqaro statistiksia
2013-yil 24-dekabr holatiga ko`ra[17]
Yutuqlari
Individual
Klub
Mohun Bagan
Manbalar
Havolalar
Izohlar
uz.wikipedia.org