Gʻuriylar




Gʻuriylar — Suriylar xonadoniga mansub Gʻur sultonlari sulolasi (1148— 1206). Aka-uka Gʻiyosiddin Muhammad (1162—1203) va Shihobiddin (Muʼiziddin yoxud Muhammad Gʻuriy; 1203— 06) davrida Gʻ. hozirgi Afgʻonistonning deyarli barcha hududini, shuningdek, Hindistonning Sind, Panjob, Banoras va boshqa viloyat va shaharlarini bosib olgan. Gʻuriylar davlatining markazi Gʻur viloyati, poytaxt shaharlari feruzkoʻh va Gʻazni boʻlgan. Xorazmshohlar davlati bilan kurashga kirishgan Gʻuriylar tor-mor keltirilgan, ularning davlati esa parchalanib ketgan (1206).

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz