Gurdush Qabristoni




Gurdush (Goʻjayli) qabristoni  — quyi Zarafshonning qad. oʻzanida joylashgan, jez davriga oid kabriston. 1953-yilda Ya. Gʻ.Gʻulomov tomonidan oʻrganilgan. Gurdush qabristonida 5 ta yorma qabr tekshirilgan. Mayyitlar bukchaygan holda bir yoni bilan dafn etilgan. Chirib, kukunga aylangan skeletlarning bilaklari, oyoq va umurtgʻa suyaklari oʻrnida qimmatbaho toshlar va jezdan yasalgan qoʻshaloq bilaguzuklar, turli xil munchoqlar, quloq yaqinida esa isirgʻalar bor. Har bir qabrda sirti naqshlangan 1—2 ta tuvaksimon sopol idish yoki ularning parchalari uchraydi.

Gurdush qabristoniga oʻxshash yodgorliklar qad. Xorazm, Fargʻona vodiysi, Toshkent va Samarqand viloyatlarida ham topilgan. Bular mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmida Oʻrta Osiyo choʻl va dashtlarida istiqomat qilgan oʻtroq chorvador qabilalarning moddiy madaniyat tarixini oʻrganish uchun qimmatli manbadir.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz