Gurbaxsh Singh




Gurbaxsh singh (1895-1977) -hind (panjob) yozuvchisi. Muxandislik kollejida (Rurkiy) va Michigan (AQSH) universitetida oʻqigan. "Pritlari" ("Sevgi halqasi") jur.ni chiqargan (1933). "Rajkumar Latika" (1923) pyesasida dehqonlarning yerga egalik qilish uchun zamindorlarga qarshi kurashi tasvirlangan. G.S.ning ijodida hind xalqining milliy ozodlik harakati muhim oʻrin tutadi. Uning "Vatanparvar" hikoyasida teng huquqli, farovon jamiyat haqidagi orzu-umidlari aks etgan. G.S. 30 dan ortiq asar muallifi ("Sevgi yoʻli", "Sevgi hikoyalari", "Shabnam", "Hayot sharbati", "Abadiy yonuvchi mashʼal" va b.). Chet ellik ijodkorlar (V. Gyugo, U. Uitman, T. Hardi va b.)ning asarlarini panjob tiliga tarjima qilgan. 1958-yilda Oʻzbekistonda boʻlgan. Baʼzi hikoyalari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz