Guralash




Guralash — Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasidagi togʻ dovoni. Jizzax viloyatining jan.da, Zomin tumani hududida, Turkiston tizma togʻining markazidagi Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi chegarasida joylashgan. Mutlaqbal. 3200 m. Yerusti parchalangan, yon bagʻirlari tik. Iqlimi sovuq. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 700 — 800 mm. Atrofida archazorlar bor. Qishda qalin qor bilan qoplanib yotadi. Guralashdan Guralashsoy (Sangzor daryosining irmogʻi) vodiysi orqali oʻtgan soʻqmoq yoʻldan may—okt. oylarida piyoda va otda oʻtish mumkin.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz