G’UNAJIN



G’UNAJIN — 2 yoshdan oshgan urg’ochi qoramol. Tanalar zoti va o’sishiga qarab birinchi bor qochirishga qo’yiladi va bo’g’ozlik muddati 6 oyga yetganda G’unajin guruhiga kiritiladi. G’unajinlar bo’g’ozlik davrida to’yimli va sifatli ozuqalar, makro – va mikro-elementlar, mineral ozuqali qo’shimchalar bilan boqiladi va parvarishlanadi. Qishki yoki yozgi rasion to’yimliligi 8,5—9 ozuqa birligiga, quruq modda 8 — 10 kilogramm, hazm bo’ladigan protein 800-900 grammga yetkaziladi. Bunday parvarish G’unajinning sog’lom o’sishi va homilaning normal rivojlanishini ta’minlaydi. Tug’ishiga 10 kun qolganda rasiondagi shirali va kontsentrat ozuqalar miqdori 50% ga kamaytiriladi, tug’ishi nazoratga olinadi hamda uning buzoqlashida birinchi yordam ko’rsatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz