Gulxayridoshlar




Gulxayridoshlar (Malvaceae) — ikki pallalilardan ayritojlilarga mansub oʻt va butalar oilasi. Barglari panjasimon oʻyma. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yirik, oq, sariq yoki pushti. Kosachasi ikki kavat. Changchilari juda koʻp, ipchalari tutash. Urugʻchisi bitta. Mevasi koʻpchiligida koʻsak. Yer yuzida 70 ga yaqin turkumi va 900 turi bor. Koʻp tropik va subtropik rayonlarda tarqalgan. Bulardan gulxayri, bo'ritaroq,gʻoʻza, kanop, tugmachagul, paxtagul, gulhamishabahor keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 7 turkumi va 27 turi oʻsadi. Ularning koʻpidan tola olinadi, dori tayyorlanadi. Manzarali oʻsimlik sifatida eqiladi. Oʻzbekistonda goʻzaning 3turi yetishtiriladi.
1. Jaydari goʻza.
2. Meksika goʻzasi yoki oddiy goʻza.
3. Misr goʻzasi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz