Gulsanam Mamazoitova




Mamazoitova Gulsanam Mamadaliyevna (1981-yil, 22-martda Fargʻona shahrida tugʻilgan) — Oʻzbek qoʻshiqchisi, Oʻzbekiston xalq artisti.

Biografiyasi



Gulsanam Mamazoitova 1981-yilning 22-martida Fargʻona viloyati, Fargʻona shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Fargʻona shahridagi 1-oʻrta maktabni 9-sinfini tamomlab, Fargʻona davlat san’at bilim yurtini anʼanaviy ijrochilik boʻlimiga oʻqishga kirgan. 2000-yilda Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining sharq musiqasi boʻlimiga qabul qilingan. Oʻqishni 2004-yilda magistratura bosqichida davom ettirgan va 2006-yilda tamomlagan. 2004-yilda hukumat tomonidan Nihol mukofoti bilan, 2006-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va Oʻzbekiston mustaqilligiga 22-yil toʻlishi arafasida 2013-yilning 23-avgust kuni Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan..

Oilasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz