Gulora Rahimova




Gulora Rahimova (1948.25.3, Bogʻot tumani Bogʻot qishlogʻi) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Urganch pedagogika institutini tugatgan (1970). 1973-yildan Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida ishlaydi. U avval yakkaxon xonanda, keyinroq spektakllarda bosh rollarda chiqa boshlagan. Gulsanam (Uygʻun, "Beruniy"), Nurxon (Komil Yashin, "Nurxon"), Saidabegim (Shalomayev, "Ibn Sino"), Shohsanam (Ayyomiy, "Oshiq Gʻarib va Shohsanam"), Layli (Navoiy, "Layli va Majnun"), Munavvar (H. Muhammad, "Toshkentning nozanin malikasi"), Ketavani (N. Dumbadze, "Quyoshni koʻrayapman"), Ugʻiloy (K. Avaz, "Marvarid taqqan ayol"), Gulasal (P. Telegenov, "Toshlar tilga kirganda"), Toʻmaris (N. Salayev, "Toʻmaris"), Gulsumbonu (E. Samandar, "Arab Muhammadjon"), Durdava ("Avesto") kabi rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida "Feruz", "Samarqand ushshogʻi", "Faryod", "Guluzorim", "Dugoh", "Buxoro toʻlqini" kabi mumtoz hamda "Oʻzbekiston", "Vatan" kabi zamonaviy qoʻshiklar, laparlarning mohir ijrochisi R. haqida videofilm (rej. H. Qahramonov) suratga olingan (1999).

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz