Gʻulomov Qodir Gʻafurovich




Qodir Gʻafurovich Gʻulomov (1945.15.2, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari d-ri (1980). Moskva davlat universitetini tugatgan (1968). Ayni paytda Dubnadagi Birlashgan yadro tadqiqotlari institutda ishlagan (1967-68). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim (1969-70), Fizika-texnika institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1971—88). „Fizika—Quyosh“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktor muovini (1988—89), Bosh direktori (1989—99), Oʻzbekiston FA Bosh ilmiy kotibi (1991—99), Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri (2000—2005), Prezident davlat maslahatchisi (2005-2006). Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, materialshunoslik sohalariga oid. Uning rahbarligida turli tipdagi quyosh kollektorlari, fotobatareyalar, yangi abraziv uskunalar, izolyatorlar va keramik buyumlar yaratildi hamda ularni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Mukofotlari



Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).

2003-yil28-avgustda ikkinchi darajali "Shon-sharaf ordeni" bilan mukofatlanadi.

2023-yil 26-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz