Gʻulomjon Yoqubov




Gʻulomiddin Toshpoʻlatovich Yoqubov (1950.1.3, Toshkent hozirda 73 yosh-2023) — xonanda, aktyor, Oʻzbekiston (1987) va Qoraqalpogʻiston (1991) xalq artisti. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1973). Jizzax musiqali drama teatrida (1973—74), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1967—68 va 1974-yildan) da yakkaxon xonanda. Kuchli, jarangdor va yoqimli ovozga ega. Ijrochilik uslubi emotsional koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Repertuari muhabbat, goʻzallik, Vatan mavzuidagi, shuningdek, raqsbop qoʻshiq va ashulalardan iborat. Sozanda va bastakor A. Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan qoʻshiklari ommaviylashgan: "Zilola", "Sen oʻzing", "Qaraysan", "Oshiqnoma" va b. Repertuaridan turli xalqlar (ozarbayjon, eron, turk, hind, uygʻur va b.) qoʻshiqlari, shuningdek, "Segoh", "Dugoh", Gʻ. Yoqubov ommaviy sahnada. "Guluzorim", "Feruz" kabi oʻzbek mumtoz ashulalar oʻrin olgan. 1990-yillardan boshlab kompozitor A. Rasulov bilan hamkorlikda zamonaviy estrada qoʻshiqchiligi uslubida ijod etmoqda: "Dilorom", "Begoyim", "Qomat", "Ketolmaysan", "Elim deb", "Xush kelding, muborak sarvarim Navroʻz" va b. Baʼzi qoʻshiqlar kuylarini Yo. oʻzi yaratgan: "Muhabbat", "Unutilmasin", "Majnuntol", "Oʻylasam", "Sening kulishlaring", "Parvardigor asrasin", "Bir qarasam" va b. "Majnuntol" gramplastinkasi "Melodiya" gramyozuv firmasining "Oltin disk" mukofotiga sazovor boʻlgan (1985). "Doʻstlik" (1996), "Elyurt hurmati" (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

Filmografiya



Film




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz