Gʻulomjon Fozilov
Gʻulomjon Fozilov shoʻro iqtisod, davlat va siyosiy arbobi.
Tarjimai holi
1936-yilda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.
1959-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1959-1992-yillarda irrigatsiya tizimlari boshqarmasi Margʻilon ishlab chiqarish uchastkasi muhandisi, Margʻilon tuman komsomol qoʻmitasi birinchi kotibi, Fargʻona kolxoz-sovxoz hududiy boshqarmasi bosh muhandisi, Oxunboboyev nomidagi ishlab chiqarish boshqarmasi bosh muhandisi, instruktor, boʻlim boshligʻi, Fargʻona viloyat partiya qoʻmitasi qurilish boʻlimi boshliq oʻrinbosari, „Fargʻonavodstroy“ tresti mudiri, Fargʻona shahar partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, „Fargʻonaqurilish“ uyushmasi boʻlim mudiri, Fargʻona viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat komiteti 1-kotibi, Fargʻona viloyati hokimi kabi masʼul lavozimlarda mehnat qilgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10, 11 va 12-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
1992-yil 21-fevralda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Fargʻona viloyati hokimi etib tayinlandi.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org