Gʻulomjon Abdullayev




Gʻulomjon Ozodovich Abdullayev (1998-yil 11-noyabr, Xorazm, Oʻzbekiston) — oʻzbek erkin kurashchisi, Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi.

Karyera



Toshkentning „Dinamo“ jamoasi sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Baxtiyor Sobirov va Latif Karimovlar rahbarligida tahsil olgan. U jahon sahnasidagi ilk katta muvaffaqiyatiga 18 yoshida, 2016-yil sentyabr oyida erishgan. Keyin u U20 yosh toifasidagi fransuz Makonda jahon chempionatida ishtirok etib, 3-oʻrin uchun kurashda yaponiyalik Takumi Toshironi magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u bir necha bor nufuzli xalqaro turnirlar shohsupasiga koʻtarilgan. U yoshlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni. 2018-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasida aʼzo. 2021-yil aprel oyida Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati litsenziyasi turnirida Gʻulomjon Abdullayev Qirgʻiziston vakili Bekbulat Mirnazarovni magʻlub etib, Tokio Olimpiadasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Sport natijalari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz