Gʻulom-Haydar Gʻulomov
G‘ulom-Haydar G‘ulomov (1990-yil 21-dekabr, Oʻzbekiston) Fargʻonaning „Neftchi“ klubi futbolchisi, tayanch yarim himaychi pozitsiyasida toʻp suradi.
Futbolchilik faoliyati
G‘ulomov faoliyatini Muborak jamoasi „Mashʼal“ klubining farm jamoasida boshlagan. Oʻzbekiston Superligasidagi debyutioni 2011-yilgi mavsumda „Mashʼal“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. Ikki mavsum davomida Muborak jamoasi saharafini himoya qilgan xolda 2013-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir mavsum davomida „Qizilqum“ klubi tarkibida toʻp surgan xolda, 2014-yilgi mavsumda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. 2016-yilgi mavsumda „Mash’al“ klubi tarkibiga qaytdi. 2017-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Uch mavsum davomida Olmaliq klubi safida toʻp surdi va 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Kubogi sohibiga aylandi. 2020-yilgi mavsumda Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. COVID-19 pandemiyasi sababli Bunyodkor klubi safida deyarli kam maydongga tushganligi sababli yozgi transfer oynasi vaqtida „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. 2023-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org