Gʻulom Shokirovich Zokirov




Gʻulom Shokirovich Zokirov (1938. 14.5, Toshkent) — mexanika va boshqarish jarayonlarini algoritmlash so-hasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994). Texnika fanlari doktori (1981), professor (1983). Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutini tugatgan (1960). "Kibernetika" IICHBda katta ilmiy xodim (1964—71), "Oʻzqishloqtexnika" birlashmasi (1971—73), Oʻzbekiston davlat rejalash qoʻmitasida (1974—86) hisoblash markazi direktori. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash muhandislari institutida mashina va mexanizmlar nazariyasi kafedrasi mudiri (1986—2000). Ilmiy ishlari mashina va mexanizmlarni sintezlashga oid.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz