G‘ulom Abdurahmonov




Gʻulom Abdurahmonov (1910.1.5, Turkiston sh.— 1987.15.5, Toshkent) – oʻzbek opera xonandasi (lirik-dramatik tenor). O‘zbekiston xalq artisti (1949). Faoliyatini Samarqand musiqali dra-ma teatrida boshlagan (1929). Moskva konservatoriyasi huzuridagi Oʻzbek opera studiyasida (vokal boʻyicha) taʼlim olgan (1934—39). Oʻzbek opera va balet teatri (1939—54), Oʻzbek Davlat filar-moniyasi yakkaxoni (1954-81). A. koʻpgina opera, musiqali drama va komediyalar-dagi asosiy rollarni ijro etgan: Joʻra („Boʻron“), Boʻtakoʻz („Ulugʻ kanal“), Ab-bos („Davron ota“), Ravshan („Koʻr oʻgʻli“), Asqar („Arshin mol olon“), Qodir („Gul-sara“), Majnun („Layli va Majnun“), Farhod („Farhod va Shirin“), Tohir („Tohir va Zuhra“), Neʼmat („Halima“), Toshmat („Oʻzbekiston qilichi“) va b. Repertuaridan ayrim xalq qoʻshiklari, oʻzbek kompozitorlarining asarlari („Kuylayman“, „Jon qizlar“ va b.) ham oʻrin olgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz