Gulobod




Gulobod  — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qishloq (1985-yildan). Samarqand tumani markazi. Gulobod Samarqand shahridan 12 km, Katta Oʻzbekiston traktining oʻng yoqasida. Aholisi 10 mingdan ziyod (1998). Gulobodda Oʻzbekistan—Eron, Oʻzbekiston—Amerika va Oʻzbekistan—Germaniya qoʻshma korxonalari tashkil etilgan. Korxonalarda chinni, mebel, kiyim-kechak, sut mahsulotlari va b. isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Gulobodda tuman hokimiyati binosi, bank, moliya, davlat arxivi, agrokombinat, litsey, kollej, 38-oʻrta maktab, aloqa boʻlimi, savdo shaxobchalari, stadion bor. Ikkinchi jahon urushi hamda Afgʻonistondagi urushda qurbon boʻlgan shu tumanlik fuqarolar xotirasiga yodgorlik, Jomiy va Navoiylarga haykal oʻrnatilgan. Qishloq markazida xiyobonlar, atrofida 1,5 ming ga maydonda bogʻ barpo qilingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz