Gulnora Shadiyeva




Gulnora Mardiyevna Shadiyeva (1960-yil, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, iqtisod fanlari doktori, professor.

Biografiyasi



Gulnora Shadiyeva 1960-yil Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. 1983-yil Toshkent Xalq xoʻjaligi institutini „Iqtisodiy axborotni mexanizatsiya asosida tashkil etish“ ixtisosligi boʻyicha tugatib, ish faoliyatini Kattaqoʻrgon tijorat texnikumida oʻqituvchilikdan boshlagan. Soʻngra shu texnikumda boʻlim boshligʻi, direktor oʻrinbosari, direktor lavozimida ishlagan. 2007—2009-yillarda Samarqand viloyat hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 2006—2009-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, 2013—2014-yillarda Toshkent shahridagi kasb-hunarga oʻqitish markazi oʻqituvchisi, 2015—2016-yillardaToshkent mehmonxona xoʻjaligi va servis kasb-hunar kollejida oʻqituvchi, 2017—2018-yillarda Geologiya tarmogʻi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha maslahatchi, 2019—2020-yillarda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti oʻquv uslubiy boʻlimi boshligʻi, 2019—2020-yillarda Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, „Yoʻl xoʻjaligi iqtisodiyoti va uni tashkil etish“ kafedrasi professori, 2020—2021-yillarda Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot kafedrasi professori lavozimida ishlab kelgan. Hozirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori.

Oilasi



Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati



2001-yilda „Mikroiqtisodiyot“ ixtisosligi boʻyicha „Oila xoʻjaligi mulki va daromadini koʻpaytirish yoʻllari“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini , 2008-yilda „Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha „Oila xoʻjaligi farovonligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillarni va servisni rivojlantirish muammolari“ nomli mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, fan doktori ilmiy darajasini olgan. 2009-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 250 dan ortiq maqolalar, 4 ta monografiya, 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta ilmiy risola muallifi. „Mustaqillikning 15 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Gulnora Shadiyeva haqida aniq ma'lumot berish uchun uning kimligi yoki faoliyati haqida qo‘shimcha kontekst kerak bo‘ladi, chunki bu ism ko‘plab insonlarga tegishli bo‘lishi mumkin.

Agar sizga Gulnora Shadiyeva haqida ma’lum bir sohada, masalan, ilm-fan, madaniyat, siyosat yoki boshqa sohalarda faoliyat yuritgan shaxs haqida ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, qo‘shimcha tafsilotlar bering. Shuningdek, agar u bilan bog‘liq maxsus voqea yoki faoliyat yo‘nalishi bo‘lsa, shuni ham aytib o‘tsangiz, yordam berishim osonroq bo‘ladi.

Agar umumiy ma’lumot kerak bo‘lsa, Gulnora Shadiyeva ismi O‘zbekistonda va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida uchraydigan ayol ism-familiyasi hisoblanadi. Ushbu ismdagi shaxslar turli sohalarda faol bo‘lishi mumkin, jumladan ta’lim, tibbiyot, san’at, biznes yoki davlat idoralari.

Siz uchun aniqlashtirilgan ma’lumotni tayyorlashga tayyorman, faqat qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishingizni so‘rayman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz