Gulnora Bo‘rixodjayeva




Gulnora Boʻrixodjayeva Hulkarovna (ruscha:Гулнора Буриходжаева Хулкаровна) — tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, akusher-genekolog, pedagok.

Hayoti



Boʻrixodjayeva Gulnora Hulkarovna 1958-yili Toshkent shahrining „Ishchilar shaharchasi“da ziyolilar oilasida tugʻilgan. Gulnora Hulkarovna tumandagi 50-maktabni tamomlab, 1975-yili ToshMIga oʻqishga kiradi.

Oilasi



Otasi — Jamolov Hulkar Moskvadagi „Aviatsiya“ institutini tugallab, 84-TAPOVICh zavodida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, soʻngra esa Respublika kasaba uyushmalari qoʻmitasining raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Onasi — Muyassar Jamolova Xorijiy tillar institutini tugatib, avval konservatoriyada, keyin Irrigatsiya va melioratsiya institutining xorijiy tillar kafedrasida mudira boʻlib ishlagan.

Turmush oʻrtogʻi — Gʻulomjon Noʻmonovich ham ToshMIning jarrohlik faukltettini tamomlagan. Uzoq yillar „Boʻston“ sanatoriyasida, shuningdek, Respublika Narkologiya markazida hambosh shifokor boʻlib faoliyat yuritgan.

Katta oʻgʻli — Furqat Politexnika institutiti qoshidagi Malayziya universitetining „Menejment“ ixtisosligini tamomlab, hozirda Angliyaga qarashli kompaniyaning vakolatxonasida yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi.

Kichik oʻgʻli — Farhodjon Irrigatsiya va melioratsiya institutini „Iqtisod“ yoʻnalishi boʻyicha tugallagan. Hozirda qoʻshma korxonada import amaliyotlari boʻyicha mutaxassisdir.

Mehnat faoliyati



Boʻrixodjayeva Gulnora Hulkarovna ToshMIni bitirgacha tumandagi -tibbiyot institutida oʻz mehnat faoliyatini yalabalarga saboq berishdan boshlaydi. Olima koʻpillar Uchtepa tumanidagi 22-oilaviy poliklinika bosh shifokori sifatida ham ishladi.

lmiy faoliyati



Gulnora Hulkarovna ilm qilishni maqsad qiliadi va aspiranturaga kirib, „Ayollarda homiladorlik davrining asoratlari“ mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. 1997—1998-yillarda esa Amerikaning yetakchi farmatsevt kompaniyasida ishchilarni oʻqitish boʻyicha trening-menejer sifatida faoliyat yuritadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz