Gulmurad Halimov




Gulmurod Salimovich Halimov (Гулмурод Салимович Ҳалимов; 1975-yil 14-may, Varzob — 2017-yil 8-sentabr), tojik islomiy harbiy qo‘mondoni. U Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga qarashli politsiya maxsus bo‘linmasi OMONda podpolkovnik lavozimida xizmat qilayotganda 2015-yilda "Iroq va Shom Islom davlati" safiga qo‘shilgan. 2016-yil sentabrida tashkilot urush vaziri etib tayinlangani maʼlum bo‘ladi.

Tojikistondagi hayoti



1975-yil 14-mayda Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Varzob qishlog‘ida tug‘ilgan. Prezident Milliy gvardiyasida xizmat qilganidan soʻng Tojikiston Ichki ishlar vazirligining politsiya maxsus boʻlinmasiga ishga kirdi. 2003-yildan 2014-yilgacha u AQSh Davlat departamenti tomonidan AQSh va Tojikistonda terrorizmga qarshi kurash boʻyicha besh xil oʻquv dasturlarida ishtirok etgan. 2009-yilda Rasht vodiysi va 2012-yilda Xoʻrugʻdagi muxolifat qurolli guruhlariga qarshi amaliyotlarda qatnashgan.

Iroq va Shom Islom Davlatiga qoʻshilish



2015-yil aprelida g‘oyib bo‘lgan va faoliyatini to‘xtatgan Halimov may oyida eʼlon qilingan videoda koʻrinish bergan. Videoda u "Iroq va Shom Islom Davlati" safiga qo‘shilganini aytgan edi. 2015-yil 29-sentabrda Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat departamenti va 2016-yil 29-fevralda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb eʼlon qilingan va sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan. 2016-yil avgust oyida AQSh Davlat departamenti „Adolat uchun mukofot“ dasturi doirasida Halimovni o‘lik yoki tirik holda qo‘lga olgan yoki uning qo‘lga olinishiga sabab bo‘ladigan maʼlumotni aytadigan har bir kishiga 3 million dollar mukofot taklif qilgan edi. 2016-yil esa sentabrida tashkilot havo hujumida halok bo‘lgan Abu Umar ash-Shishaniy o‘rniga urush vaziri etib tayinlangani xabar qilingan edi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz