Gulmira Dauletova




Gulmira Bekzatovna Dauletova (1988-yil 13-aprel, Qozogʻiston SSR, Chimkent viloyati, Leninsk, SSSR) — Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE 2007-yilda Dauletbayevaga Xalqaro usta (WIM) unvonini berdi.Qozogʻiston Respublikasi ayollar terma jamoasining doimiy aʼzosi. Hozirda u Qozogʻiston shaxmat federatsiyasining ijrochi va turnir direktori lavozimida ishlaydi.

4 yoshli Gulmiraning birinchi murabbiyi uning otasi (dasturchi va shaxmat boʻyicha sport ustaligiga nomzod) edi. Chunki Gulmiraning bolaligi oʻtgan Qozigʻurta qishlogʻida shaxmat seksiyasi boʻlmagan. 12 yoshida otasi bilan qoʻshni Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan xalqaro turnirga borib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Oʻsha turnirda yosh shaxmatchi chimkentliklar ustozi Grigoriy Kimning nazariga tushdi.

M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universitetining „Huquq va xalqaro munosabatlar“ fakultetini, 2014-yilda esa Olmaota shahridagi Qozogʻiston Milliy universitetining „Xalqaro munosabatlar“ fakulteti magistraturasini tamomlagan. Ispaniyada akademik mobillik dasturi boʻyicha oʻqigan va „V Open International St Casablanca“ turnirida gʻolib boʻlgan. Ayni paytda u Qozogʻistonning kuchli 5 nafar shaxmatchisi qatoridan joy olgan.

Yutuqlari




Gulmira 3 ball toʻplab, xalqaro shaxmat ustasiga aylandi.

1). 2005-yil 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida (Belfort, Fransiya ,);

2). 2006-yil Butunjahon shaxmat olimpiadasida (Turin,Italiya);

3) 2006-yil 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida birinchi oʻrin uchun (Bishkek,Qirgʻiziston);

Ayollar oʻrtasida uch karra Qozogʻiston chempioni (2007, 2008, 2010);

Asosiy xalqaro turnirlar:




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz