Gullar vodiysi




Gullar vodiysi (inglizcha: Valley of Flowers National Park ) Hindistondagi milliy bog'. G'arbiy Himoloy tog'larida baland tog'larda joylashgan bo'lib, g'ayrioddiy go'zallikdagi gullarga ega o'tloqlari bilan mashhur. Bu tog'larda Himolay ayig'i, qor qoploni, qo'ng'ir ayiq va ko'k qo'y kabi noyob hayvonlar yashaydi.

1982-yilda Gullar vodiysi milliy bog' deb e'lon qilindi. 2005-yilda esa Nanda Devi va Gullar vodiysi milliy bog'larining bir qismi sifatida Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan (№ 335). Gullar vodiysi milliy bog'i 8750 gektar maydonni egallaydi.

Flora



Bog'ning florasi alp o'rmonlarida o'sadigan qayinlar va rhododendronlar, shuningdek, gullaydigan otsu o'simliklar (orxideya, ko'knori, primrozlar, marigoldlar, moychechaklar, anemonlar va boshqalar) bilan ifodalanadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz