Guljahon Jumanazarova
Guljahon Umirzoqovna Jumanazarova (1980-yil 21-dekabr, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, filologiya fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
Guljahon Jumanazarova 1980-yil 21-dekabr Baxmal tumanida tugʻilgan. 1998—2004-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida bakalavr, 2004—2006-yillarda shu institutning oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha magistratura, 2007—2009-yillarda oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha aspiranturasida tahsil olgan. 2001—2004-yillarda ushbu institutning boshlangʻich taʼlim til va adabiyoti kafedrasi laboranti, 2005—2006-yillarda boshlangʻich taʼlim uslubiyati kafedrasi oʻqituvchisi, 2009—2010-yillarda kafedra katta oʻqituvchisi, 2010—2017-yillarda shu kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2017—2018-yillarda boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan. 2018-yildan boshlangʻich taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri.
Ilmiy faoliyati
2008-yilda „Shirin bilan Shakar“ dostonining lugʻaviy va lingvopoetik xususiyatlari (Fozil Yoʻldosh oʻgʻli varianti asosida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2017-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida „Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil)“ mavzusida doktrorlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 2019-yil 26-dekabrda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 200 ta ilmiy ishlar, jumladan 10 ta tadqiqot-lug‘at, 3 ta izohli lug‘at, 1 ta elektron lug‘at, 12 ta monografiya 3 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta risola muallifi.
Manbalar
uz.wikipedia.org