Guliston ustoni
Guliston (forscha: گلستان / Golestân) — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoliy qismida, Kaspiy dengizi janubining eng chekka oʻng qirgʻoqida joylashgan. Shimoldan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maʼmuriy markazi — Goʻrgon shahri. Boshqa yirik shaharlari: Gumbadi-Kovus, Bandar-Turkman, Gyumyushan. Aholisi soni — 1 777 000dan ziyod. Guluston ustoni, 1997-yilda Mozandaron ustonidan ajratilib, mustaqil ustonga aylantirilgan.
Shahristonlari
Guliston ustoni 12 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan:
Aholisi
2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Guliston ustonida 1 777 000 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini turkmanlar tashkil etadi. Shuningdek forslar, mozandaronlar va kurdlar ham yetarli darajada. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (sunniylik mazhabi ushbu ustonda shia mazhabidan koʻra kengroq tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha.
Manbalar
uz.wikipedia.org