Guliston jomeʼ masjidi
Guliston jome masjidi — Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi masjid. 1905-yilda barpo etilgan. 1926-yil yopilib, 1947-yilda esa yana qayta ochilgan. 2007—2009-yillarda masjidning hozirgi binosi qaytadan hashar yo‘li bilan rekonstruksiya qilingan. Masjid hududi kengaytirildi, tahoratxona, masjid xonaqosi va keyinroq qo‘shimcha maʼmuriy binolar qurilgan. Maydoni 4800 kvadrat metr bo‘lib, uning asosiy binosiga 2000 kishi, ayvon va qo‘shimcha binolar bilan hisoblanganda esa 3000 dan ortiq kishi namoz oʻqishi mumkin.
Masjidda 4 ta minora hamda 1 ta gumbaz mavjud. 2021—2023-yillarda yangi tahoratxona qurib bitkazildi, masjidning ichki dizayniga oʻzgartirish kiritildi. Shuningdek, masjid Guliston shahridagi eng katta masjid hisoblanadi.
Imom xatiblar
Galereya
Manbalar
uz.wikipedia.org